Gabi "Atletiko" bilan shartnoma uzaytirishga yaqin

Aslanov Jasurbek
4 okt 2016, 17:42
"Atletiko" rahbariyati Fernandes Gabi bilan shartnoma uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Bu haqda klub prezidenti Enrike Sereso e'lon qildi.

"Gabi bilan kelishuvni uzaytirish haqida kelishib oldik" - deydi Sereso.

Bundan tashqari, "Atletiko" rahbarining fikricha, Gabi Ispaniya terma jamoasida o'ynashga munosib.

Gabining poytaxt klubi bilan shartnomasi 2017 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser