Gabi: "Final uchun oxirigacha kurashamiz"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2016, 13:14
"Atletiko" yarim himoyachisi Gabi Fernandes "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Bunday uchrashuvlarni bolalikdan orzu qilasan. Biz o'z kuchimiz bilan shunday o'yinlar ishtirokchisi bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritdik. Jamoadoshlarimni bir-biriga va o'z kuchiga ishonayotganini ko'rish mumkin. "Bavariya" juda kuchli va ularda turli xil o'yin uslublari bor. Bu jamoa "Barselona" bilan birga turnir yetakchisi edi. Yetakchi bo'lmasakda, finalga chiqish uchun oxirigacha kurashamiz" - deydi Gabi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo