Fyodor Smolov Ispaniya chempionatiga yo'l olmoqda

30 yanv 2020, 23:05
Moskvaning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Fyodor Smolov tez orada "Selta" safiga qo'shiladi (ijara asosida).

Moskva klubi transferni tasdiqladi. Futbolchi bugun Ispaniyaga yo'l oladi. U ertaga tibbiy ko'rikdan o'tib, vigoliklar bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

Ma'lumot uchun, Smolov joriy mavsum RPLning 14 uchrashuvida 3tadan gol va samarali uzatmaga mualliflik qilgan. 

"Selta" esa La Liga musobaqa jadvalida 18-o'rinni band qilib turibdi. Jamoa La Liganing so'nggi 13 o'yinida atigi bir marta g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Betting Insider