Futzal. Yarim finalning ilk uchrashuvlari bo'lib o'tdi

Narzulla Saydullayev
17 mar 2014, 18:13
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining yarim final dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Dastavval, Andijonning “Turon-Soliqchi” klubi va Qarshining “Do'stlik” jamoalari bahs olib borishdi va teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda vodiyliklar 4:3 hisobida zafar quchishdi.

Yarim finalning ikkinchi o'yinida poytaxt klublari – “Bunyodkor” va “Lokomotiv” kuch sinashishdi. Uchrashuvda ikki bor hisobda oldinda borishgan Abdulla Bo'riev shogirdlari yakunda “temiryo'lchilar”ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Ertaga yarim finalning ikkinchi uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Agarda ertangi o'yinlarda “Do'stlik” va “Bunyodkor” jamoalari raqiblari ustidan g'alaba qozonishsa, u holda uchinchi uchrashuvlar g'olib jamoa nomini aniqlab beradi. Aks holda ertagayoq finalchilar bilan tanishishimiz mumkin.

Ushbu HAVOLA orqali “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvining fotojamlanmasi bilan tanishishingiz mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com