Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston birinchi savatchadan joy oldi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2017
Ilk bor o'tkaziladigan 20 yoshgacha futzalchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi 30 mart kuni bo'lib o'tishi haqida xabar bergandik.

Qur'a tashlash marosimi Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tadi. Jamoalar 2016 yili Toshkentda bo'lib o'tgan futzal bo'yicha Osiyo chempionatida qayd etgan natijalariga qarab 5ta savatchaga ajratildi.

O'zbekiston U-20 terma jamoasi dastlabki savatchadan joy oldi. Shuningdek, ushbu savatchadan Eron, Tailand va Vetnam yoshlar termasi ham o'rin olgan  

21 terma jamoa to'rtta guruhga bo'linadi. Bitta guruhda 6, qolgan uch guruhda 5tadan jamoa pley-off bosqichi uchun kurashadi. Guruhlarda 1–2-o'rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo'l oladi.  

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 9–21 may kunlari Tailandda o'tkaziladi.

1-savatcha: Eron, O'ZBEKISTON, Tailand, Vetnam.

2-savatcha: Yaponiya, Iroq, Qirg'iziston, Qatar.

3-savatcha: Livan, Saudiya Arabistoni, Xitoy Taypei, Tojikiston.

4-savatcha: Xitoy, Malayziya.

5-savatcha: Afg'oniston, Bahrayn, Bruney, Gonkong, Myanma, Mo'g'uliston, BAA.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia