Futzal. Tojikiston U-20 terma jamoasiga qarshi o'yinlarning boshlanish vaqti ma'lum

Tolibjon Qosimov
26 yanv 2017, 15:18
Ayni paytda futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda.

Yig'in doirasida vakillarimiz ertaga va indinga Tojikiston U-20 terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Qo'shnilarimiz bilan o'tadigan o'yinlarning boshlanish vaqti ma'lum bo'ldi. Demak, 27 va 28 yanvarga mo'ljallangan har ikkala uchrashuv ham 12:00da boshlanadi. Bahslar Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi. Barcha muxlislarni ushbu bellashuvlarni tomosha qilishga taklif etamiz, arenaga kirish bepul.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia