Futzal. Tojikiston – O'zbekiston. Tarkibimiz ma'lum

Tolibjon Qosimov
3 fev 2018, 12:11
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun, 3 fevral kuni Osiyo chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o'tkazadi.

"B" guruhining dastlabki turda Janubiy Koreyani 13:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan vakillarimiz 2-turda Tojikiston bilan kuch sinashadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi o'yinni qaysi to'rtlik birinchi bo'lib boshlashini ma'lum qildi.

Futzal bo'yicha OCH–2018
2-tur uchrashuvi
3 fevral, shanba

13:30. Tojikiston – O'zbekiston

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 14.Konstantin Sviridov, 11.Artur Yunusov, 7.Dilshod Rahmatov, 8.Farhod Abdumavlonov.
Zaxira: 12.Akmal Xazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 4.Ixtiyor Ropiev, 9.Davron Abdurahmonov, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov, 10.Davron Choriev.



Bugungi uchrashuv "University of Taipei Gymnasium" sport majmuasida o'tkaziladi. O'zbekiston terma jamoasi qo'shnilarimizga qarshi oq formada o'ynaydi. Tojikiston esa bugungi o'yinga qizil liboslarni tanlagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia