Futzal. Terma jamoamiz Ozarbayjonga yetib bordi

Mirjalol Normatov
19 yanv 2020, 16:28
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inni Ozarbayjonda davom ettiradi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz Turkmanistonda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib bormoqda. Toshkentda 19 yanvarga qadar davom ettirilgan yig'inlardan keyin termamiz bugun Ozarbayjon poytaxti Bokuga yetib borishdi va "Days" mehmonxonasiga joylashishdi. U yerda 4 kunlik yig'in va 21 hamda 23 yanvar sanalarida Ozarbayjon milliy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar:

Darvozabonlar:

1. Rustam Umarov (AGMK)

2. Ravshan Eliboev ("Paxtakor")

O'yinchilar:

3. Javlon Anorov ("Maksam-Chirchiq")

4. Konstantin Sviridov ("Maksam-Chirchiq")

5. Ilhom Hamroev (AGMK)

6. Ixtiyor Ropiev (AGMK)

7. Dilshod Rahmatov (AGMK)

8. Husniddin Nishonov (AGMK)

9. Ravshan Ismatullaev ("So'g'diyona")

10. Xushnur Erkinov ("So'g'diyona")

11. Anasxon Rahmatov (AGMK)

12. Abdulla Solixov ("Lokomotiv")

13. Sunnatilla Jo'raev ("Nasaf")

14. Akbar Usmonov (AGMK)

15. Mashrab Odilov (AGMK)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia