

Jahon chempionatining umumiy mukofot jamg'armasi 1 million 455 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
Unga ko'ra, bo'lajak jahon chempioni 250 ming dollarni qo'lga kiritadi. Finalga yetib kelgan terma jamoa 150 ming dollarga boyib oladi. Bronza medal sohiblariga roppa-rosa 100 ming dollar taqdim etiladi. Shunchaki Jahon chempionatida ishtirok etgan barcha 24ta terma jamoaga 40000 dollardan pul mukofoti kafolatlangan.
Jahon chempioni - 250 000 dollar;
Vice-chempion - 150 000;
Bronza medal egasi - 100 000;
4-o'rin - 70 000;
5-8-o'rinlar - 60 000;
9-24-o'rinlar - 40 000.



