Futzal. Shuxrat Po'latov Osiyo chempionati saralashi dastlabki ikki o'yinida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
7 dek 2013, 22:02
8-12 dekabr kunlari futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati G'arbiy mintaqasi saralash guruhi o'yinlari bo'lib o'tishi va unga O'zbekistondagi yagona FIFA futzal referisi Shuxrat Po'latov chaqiruv olgani haqida xabar bergandik.
Malayziyada bo'lib o'tadigan saralashda beshta jamoa ishtirok etadi: Kuvayt, Livan, Qatar, Iroq va Saudiya Arabistoni.

8 dekabr kuni saralashning dastlabki ikki o'yini bo'lib o'tadi.
 
Kuvayt - Saudiya Arabistoni va Livan - Iroq uchrashuvlarida Kristofer Daniel, Skot Kidson (ikkisi Avstraliya), Yutakon Mayket (Tailand) va Shuxrat Po'latov (O'zbekiston) ishlashadi.

Po'latov birinchi o'yinda 4-hakam, ikkinchisida uchinchi hakam vazifasini bajaradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia