Futzal. Shuhrat Suyarqulov: "Nafaqat futzal, balki katta futbolda ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
4 may 2018, 18:43
“Neftchi” - “So'g'diyona” futzal jamoalari (3:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Shuhrat Suyarqulov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Shuhrat, bugungi uchrashuvda mehmonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilganligingiz bilan tabriklaymiz. Bugungi o'yin haqida fikrlaringiz qanday? Kecha mag'lubiyat, bugun esa xuddi shu jamoa ustidan g'alaba.
- Birinchi navbatda  jamoamiz bilan ahil harakat qildik. Kechagi uchrashuvda ham yomon o'yin ko'rsatmagandik, jamoamiz tarkibi yosh mahalliy futbolchilardan iborat bo'lganligi uchun bir oz omad yetishmay mag'lub bo'ldik. Bugungi uchrashuvga keladigan bo'lsak, bir o'zim to'rtta gol urishimda bu jamoadoshlarimni qo'llab quvvatlaganligi sabab bo'ldi. Futbol jamoaviy o'yin, shu bois barchasini jamoaviy o'yin hal qiladi. Jizzaxllik muxlislarmix kechagi uchrashuvdan so'ng bizga qo'ng'iroq qilishib qo'llab-quvvatlashdi, ularning ishonchlarini oqlaganligimiz uchun xursandman, mini-futbolni muxlislar uchun o'ynaymiz.  

- Kelajakda Shuxrat Suyarqulov O'zbekiston milliy futzal terma jamoasida o'ynash orzusi bormi?
- Shu sportga kirib kelganimdan buyon eng katta orzuim, milliy terma jamoa safida maydonga tushish. Nafaqat futzal, balki katta futbolda ham o'zimni sinab ko'rmoqchiman. Maqsadim o'zbek futboli uchun kerak bo'lsa jonimni berib, dunyo maydonlarida vatanimiz sharafini munosib himoya qilishdan iborat, o'z ustimda muntazam ishlayman.  

- Mashhur futzalchilardan kimlarga muxlislik qilasiz?
- O'zbek futzalchilaridan Javlon Anorov, Farhod Abdumavlonovlarga muxlislik qilaman, ular ko'rsatadigan o'yinlariga judayam qiziqaman,  bizga ham  shu futzalchilar  darajasiga chiqish nasib etsin. Yevropada asli  braziliyalik bo'lgan Rossiya terma jamoasi a'zosi Eder Limaning o'yinlari menga juda yoqadi, undan o'rganaman.
Bizga sharoit yaratib berayotganliklari uchun klubimiz rahbariyatiga, qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat, biz ular uchun ham g'alaba qozonishimiz kerak deb o'ylayman.  


Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia