Futzal. "Sevinch" - 12 karra O'zbekiston chempioni!

Narzulla Saydullayev
27 mar 2016
Bugun ayollar o'rtasida mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionati nihoyasiga etdi.

Mazkur musobaqada "Sevinch" jamoasi 12-marta ishtirok etdi va o'z tarixidagi 12-chempionlikni rasmiylashtirdi. Jamoamiz mini futbol bo'yicha yurtimizda tengi yo'q jamoa ekanligini yana bir marta isbot qildi.

“Sevinch” jamoamiz bugun mazkur chempionatning so'nggi uchrashuvini Toshkentning “SMRI” jamoasiga qarshi o'tkazdi va 8:1 hisobida g'alaba qozondi. Shunday qilib, jamoamiz mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionatidagi barcha uchrashuvlarda to'liq natija ko'rsatib, hammasida g'alaba qozondi.

Mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionati, 2-bosqich, 3-tur

“SMRI” (Toshkent) – “Sevinch” (Qarshi) 1:8

Toshkent sh., “Yoshlik” sport arenasi. 27.03.2016 yil.

Hakamlar: 
Kristina Sereda (Toshkent), Nigora Muxamadieva (Termiz), Dilfo'za Ro'zieva (Qarshi), Zilola Rahmatova (Qarshi)

Gollar: Feruza Turdiboeva, 2′-0:1, 32′-0:6, Saida Xandamova, 24′-0:2, Tanzilya Zarbieva, 30′-0:3, Ilvina Ablyakimova, 31′-0:4, 32′-0:5, Shodiya Tosheva, 34′-1:7, Shaxzoda Jamolova, 38′-1:8

“SMRI”: 1.Dinora Abdirasulova, 16.Alina Demyanenko, 3.Dilrabo Asadova, 10.Gulnora A'zamova, 11.Darina Fedosenko, 12.Laylo Shodieva, 15.Madina Tursunova.

“Sevinch”: 1.Olga Kaxarova, 5.Mahliyo Yusupova, 7.Feruza Turdiboeva, 10.Zebo Jo'raeva(s), 4.Saida Xandamova, 11.Shaxzoda Jamolova, 18.Kamola Risqieva, 17.Tanzilya Zarbieva, 77.Shodiya Tosheva, 25.Ilvina Ablyakimova, 16.Matluba Abdirasulova.

Ogohlantirishlar: Dilrabo Asadova 29  -  Shaxzoda Jamolova 15, Ilvina Ablyakimova 25



Bugungi uchrashuvlarning  hammasi nihoyasiga etdi. Mini futbol bo'yicha XII O'zbekiston chempionatidagi g'oliblar ham ma'lum bo'ldi,  o'rinlar qo'yidagicha taqsimlandi.

1-o'rin “Sevinch” (Qarshi) jamoasi
2-o'rin “Andijanka” (Andijon) jamoasi
3-o'rin “To'maris” (Xorazm vil.Yanigbozor sh.) jamoasi

Bugun shuningdek chempionat g'oliblarini taqdirlash marosimi ham bo'lib o'tdi. Unda “Sevinch” jamoasiga oltin medallar va diplom, “Andijanka” jamoasiga kumush medallar va diplom, “To'maris” jamoasiga bronza medallari va diplom tpshirildi.

Taqdirlash marosimida O'zbekiston ayollar futboli Assosaciyasining bir guruh rasmiylari hozir bo'lishdi. Shuningdek g'oliblarga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, taniqli futbol sharhlovchisi, bu yil muborak 80 yoshini nishonlagan Axbor Imomxo'jaev o'zi haqida yaqinda H.Musurmonova muallifligida nashrdan chiqqan “O'zimizning Abor aka” nomli kitobini dastxatlari bilan esdalik uchun barcha g'oliblarga topshirdilar.

Shunday qilib, “Sevinch” jamoamiz o'z tarixida mini futbol bo'yicha 12-marta O'zbekiston chempioni bo'ldi!

Ushbu taqdirlash marosimidan olingan fotosuratlar jamlanmasini saytimiz orqali keyinroq e'lon qilamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcsevinch.uz