Futzal. Rustam Umarov: "Bugungi o'yinga tayyormiz"

Tolibjon Qosimov
1 may 2014
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Vetnam-2014 dagi yurishini boshlaydi.
Dastlabki turda Qirg'iziston terma jamoasi bilan kuch sinashadigan jamoamiz o'yinga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Osiyo chempionati birinchi turidan oldin O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Rustam Umarovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Bugungi o'yinga tayyorgarlik qanday ketmoqda?
- Tayyorgarlik ko'ngildagidek davom etmoqda.

- Kecha bo'lib o'tgan to'rtta o'yindan birortasini borib ko'rdinglarmi?
- Kecha mashg'ulotimiz borligi uchun o'yinlarni ko'ra olmadik.

- Mashg'ulot qachon va qayerda o'tkazildi?
- Maxalliy vaqt bilan 16:00 da o'tkazildi, mashg'ulotlar uchun boshqa zaldan foydalanayapmiz.

- Tarkibda muammolar yo'qmi?
- Hozircha hammasi joyida, barcha bugungi o'yinga tayyor.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia