Futzal. Portugaliya terma jamoasining mundialda qatnashadigan tarkibi ma'lum

Tolibjon Qosimov
2 sen 2016
Shu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada futzal bo'yicha Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Unda tarixda birinchi marotaba O'zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Vakillarimizning guruhdagi raqiblaridan biri bo'lgan Portugaliya terma jamoasining mundial uchun yakuniy tarkibi e'lon qilindi.

Portugaliya bosh murabbiyi Xorxe Braz yakuniy 14talikka quyidagi futzalchilarni kiritdi.

Portugaliya terma jamoasining Kolumbiya-2016 uchun yakuniy tarkibi

Darvozabonlar:
Bebe
Krishtianu
Vitor Xyugo

Futzalchilar:
Andre Koelu
Bruno Koelu
Migel Angelo
Fabio Sesilo
Pedro Kari
Jo
Joau Matos
Rikardino
Re
Tiago Brito
Kardinal

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi mundialda Portugaliya bilan 16 sentyabr kuni uchinchi tur doirasida bellashadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz