Futzal. O'zbekiston Xitoyga qarshi birinchi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
26 apr 2014, 10:30
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 24 aprel kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi. Xitoyliklar darvozasiga urilgan yagona golga Dilshod Rahmatov mualliflik qildi.

Bu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi bahs 27 aprel kuni bo'lib o'tadi. O'yinning ertasi kuni Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Vetnamga uchib ketadi.

Eslatib o'tamiz, 30 apreldan 10 mayga qadar davom etadigan Osiyo chempionati guruh bosqichida O'zbekiston Yaponiya, Janubiy Koreya va Qirg'iziston terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia