Futzal. O'zbekiston va Angola o'rtasidagi bugungi uchrashuv 13 avgustga qoldirildi. Nega?

Khoja
11 avg 2024
O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi bugun, 11 avgust kuni Portugaliyada mamlakatimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchisi – Angola terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Biroq, viza bilan bog'liq muammolar tufayli Angola terma jamoasi delegaciyasi Santarem shahriga o'z vaqtida yetib kela olmadi. Shu sababli tomonlar kelishuviga muvofiq, uchrashuv 13 avgust kuni o'tkazilishi belgilandi.

Ma'lumot uchun, jamoamiz 13, 15 avgust kunlari Angola, 16 avgust kuni esa Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA