Futzal. O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi saralashiga boradigan yakuniy tarkibi ma'lum

Narzulla Saydullayev
6 apr 2022, 11:13
Bahodir Ahmedov Osiyo kubogining saralash bosqichida ishtirok etadigan futzalchilarning yakuniy ro'yxatini e'lon qildi.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazmoqda. Mazkur yig'in davomida vakillarimiz 3 ta o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Ertaga jamoamiz Osiyo kubogining saralash o'yinlarida ishtirok etish uchun Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahriga jo'nab ketadi. Bugun Bahodir Ahmedov mazkur bosqich uchrashuvlariga jalb etilgan futzalchilarning yakuniy ro'yxatini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi guruh bosqichida Tojikiston, Afg'oniston va Nepal terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

Uchrashuvlar 10-12-aprel kunlari o'tkaziladi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Darvozabonlar:
Ravshan Eliboev ("Kaspiy", Qozog'iston)
Abbos Elmurodov ("Xuaxin-Jizzax")

Futbolchilar:

Ixtiyor Ropiev ("Xuaxin-Jizzax")
Mashrab Odilov ("Lokomotiv")
Anasxon Rahmatov ("Xuaxin-Jizzax")
Ilhom Hamroev ("Xuaxin-Jizzax")
Husniddin Nishonov ("Xuaxin-Jizzax")
Dilshod Rahmatov ("Xuaxin-Jizzax")
Davron Choriev ("Xuaxin-Jizzax")
Hayrulla Solixov ("Bunyodkor")
Elbek To'lqinov ("Xuaxin-Jizzax")
Davlat Ibragimov (AGMK)
Akbar Usmonov ("Lokomotiv")
Muzaffar Ahadjonov (AGMK)






O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz