Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Tojikistonga qarshi uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Alisher
4 iyul 2022, 17:05
Avval xabar berilganidek, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 4-18 iyul kunlari navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazadi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari yig'in doirasida 14, 15 va 17 iyul kunlari Tojikistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadilar. Bahslar Jizzax FFMning sport majmuasida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 

14 iyul

O'zbekiston - Tojikiston

15 iyul

O'zbekiston - Tojikiston

17 iyul

O'zbekiston - Tojikiston

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz