

Qatarliklar O'zbekiston futzal assotsiatsiyasi (O'FA)ga taklif bilan chiqishgan.
Xose Mariya Mendez (Pulpis) boshchiligidagi terma jamoamiz 5-10 dekabr kunlari Doxada yig'in o'tkazadi va Qatar milliy terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtiriladi. Barcha harajatlarni Qatar futbol federatsiyasi ko'taradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi kelasi yilning 10-21 fevral kunlari Toshkentda o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.




