Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Portugaliyaga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2016, 16:26
Kolumbiyadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun Portugaliyaga uchib bordi.
Kuni kecha Eronning Mashhad shahrida Eron terma jamoasiga qarshi ikkita o'yin o'tkazgan futzalchilarimiz bugun Portugaliyaning Portu shahriga uchib borishdi.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi jamoamiz 1 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. 2 sentyabrda esa O'zbekistonga ikki karra Jahon chempioni Ispaniya raqiblik qiladi.

6 sentyabrda futzalchilarimiz Kolumbiyada Italiya terma jamoasi bilan o'yin o'tkazishadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston mundialni 10 sentyabr kuni Panamaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 13 sentyabrda Kolumbiya, 16 sentyabrda Portugaliyaga qarshi o'ynaymiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia