

Avvalroq, Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz Eron, Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Vakillarimiz mundial oldidan so'nggi nazorat o'yinini Yevropaning yetakchi jamoalaridan bo'lgan Italiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Italiyaliklar bilan bahs 7 sentyabr kuni Kali shahrida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Ispaniya bilan o'yinlardan keyin Italiya bilan bellashuvga qadar Ispaniyada 3 kunlik yig'in o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.



