Futzal. O'zbekiston Portugaliya va Ispaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
11 avg 2016, 15:04
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy tyerma jamoasi Kolumbiyada o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Tayyorgarlik joirasida vakillarimiz 9-10 avgustda Qozog'iston tyerma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi. Xose Mariya Mendez shogirdlari shu oyda Ozarbayjon va Eron milliy tyerma jamoalari bilan ham o'rtoqlik bahslarini o'tkazishadi.

Bundan tashqari, sentyabr oyining dastlabki kunlarida Portugaliya va Ispaniya tyerma jamoalariga qarshi nazorat o'yinlari o'tkaziladi. 1 sentyabrda Portugaliya, 2 sentyabrda esa Ispaniya bilan o'rtoklik o'yinlari bo'lib o'tadi. Har ikkala bahs ham Portugaliyaning Portu shahrida tashkillashtiriladi. Ana shu ikki bellashuvdan keyin tyerma jamoamiz delegaciyasi Portugaliyadan to'g'ri Kolumbiyaga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tyerma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama tyerma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz