Futzal: O'zbekiston Osiyo chempionati oldidan Iordaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2016, 15:00
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati oldidan so'nggi nazorat uchrashuvini Iordaniyaga qarshi o'tkazadi.

O'zbekiston terma jamoasining Iordaniyaga qarshi uchrashuvi 6 fevral kuni Toshketda o'tkaziladi. Bu Xose Mariya Mendez shogirdlarining musobaqa oldidan so'nggi nazorat uchrashuvi bo'ladi.

Avvalroq, O'zbekiston futzal terma jamoasi 22-24 yavnar kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazishi va Qozog'iston futzal terma jamoasiga qarshi 22 hamda 23 yanvar kunlari ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi, so'ngra 1 fevral kuni Toshkentda Vetnamga qarshi o'yin o'tkazishi to'g'risida xabar bergan edik.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda. Qita birinchiligi final bosqichi uchun tashlangan qur'a natijasiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasiga Saudiya Arabistoni, Qirg'iziston hamda Livan jamoalari raqib bo'ladi.

Takidlash kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinini egallagan jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com