Futzal. So'nggi 2 daqiqada 3ta gol urgan O'zbekiston terma jamoasi Quvaytni mag'lub etdi

Omonjon To`xtamirzayev
25 sen 2023, 19:45
O'zbekiston futzal terma jamoasi Quvaytga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoa Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida Kuvayt bilan to'qnash keldi. Uchrashuv soat 18:00da boshlandi.

23 sentyabr ushbu jamoalar o'rtasida o'tgan ilk bahsda O'zbekiston 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi.

O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Kuvayt 5:4
25 sentyabr 2023 yil. Toshkent, "Yunusobod" sport majmuasi. 18:00

Gollar: Husniddin Nishonov 3, Elbek To'lqinov 33, Husniddin Nishonov 38, Ixtiyor Ropiev 39, Elbek To'lqinov 39 - Al Abbosi 15, Al Ajmi 24, Al Fathi 31, Al Hazim 34.

Vakillarimiz o'yinni quyidagi tarkib boshlashdi: 

Dastlabki beshlik: 12. A. Elmurodov, 4. I. Ropiev, 6. I. Hamroev, 8. H. Nishonov, 10. D. Choriev.
Zaxira: Xazratqulov, Botirov, Adilov, Jo'raev, D. Rahmatov, To'lqinov, H. Solihov, Rahmatullaev, A. Solihov, Axadjonov, Axmadjonov.  




Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi 1 va 3 oktyabr kunlari Livan bilan ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvida parketga tushishadi.

1 oktyabr, 17:00
O'zbekiston - Livan

3 oktyabr, 18:00
O'zbekiston - Livan




O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia