

Bu yilgi kubok bellashuvlarining guruh bahslarida sakkizta jamoa pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Klublar to'rttadan ikki guruhga bo'linishdi. O'zbekiston kubogining amaldagi finalchilari "Ardus" va "Olmaliq" bellashuvlarga chorak finaldan qo'shiladi.
Guruhlar quyidagicha ko'rinish oldi.
"A" guruhi
"Bunyodkor"
O'zDTV
"Lokomotiv"
"Metallurg"
"B" guruhi
"Do'stlik-AIN"
O'zSQB
"Kogon"
"Maksam-Chirchiq"
O'zbekiston kubogining guruh o'yinlari 21-23 dekabr kunlari "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.



