Futzal. O'zbekiston bugun Iroqqa qarshi nazorat o'yinida qatnashadi

Sherzod Nurmatov
13 sen 2022, 10:49
Kuvaytda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi 12 sentyabrdan buyon navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazib kelmoqda.

Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz bugun yig'in doirasida Iroq vakillariga qarshi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Mazkur bahs "Yunusobod" yopiq sport majmuasida 18:00 da boshlanadi. 

13 sentyabr

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston – Iroq

"Yunusobod" yopiq sport majmuasi. 18.00

Uchrashuvni jonli efirda tomosha qilish uchun:


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia