Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi o'yinda ham BAA termasini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
3 noya 2017, 21:17
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Sharja shahrida BAA termasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuvda vakillarimiz 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Terma jamoamiz tarkibida gollarga Konstantin Sviridov, Artur Yunusov, Dilmurod Shavkatov va Husniddin Nishonovlar mualliflik qilishdi.

Futzal. O'rtoqlik uchrashuvi.

“Sharja” sport majmuasi, Sharja

BAA - O'zbekiston 0:4

Gollar:
K.Sviridov, A.Yunusov, D.Shavkatov, H.Nishonov.

Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi dastlabki o'rtoqlik o'yinida maydonga tushib, 5:4 hisobida g'alaba qozongandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com