Futzal. Oliy ligaga qur'a tashlandi

Tolibjon Qosimov
16 okt 2015, 17:30
Bugun O'zbekiston futzal assotsiatsiyasida XX milliy chempionatimizga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Bu yilgi mavsumda chempionlik uchun 10 ta jamoa kurash olib boradi. Bular: “Ardus” (Toshkent), “Bunyodkor” (Toshkent), “Paxtakor” (Toshkent), “Lokomotiv” (Toshkent), “Olmaliq” (Toshkent vil.), “Maksam-Chirchiq” (Chirchiq), “Turon” (Andijon), “Nafis” (Samarqand), “Kogon” (Buxoro), “Do'stlik-AIN” (Qarshi).


XX milliy chempionatning birinchi bosqich birinchi tur uchrashuvlari 19-24 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Birinchi turning ilk kunidagi o'yinlar quyidagicha ko'rinish oldi.

1-tur, 1 kun
19.10.2015

“Turon” – “Maksam-Chirchiq”
“Ardus” - “Olmaliq”
“Paxtakor” - “Nafis”
“Lokomotiv” - “Kogon”
“Do'stlik-AIN” - “Bunyodkor”



Eslatib o'tamiz, chempionatning amaldagi g'olibi “Olmaliq” hisoblanadi. Qizig'i, birinchi kunning o'zidayoq o'tgan mavsumdagi finalchilar o'zaro to'qnash keladi. “Ardus” - “Olmaliq” bahsi birinchi turning markaziy o'yini bo'lishi aniq.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia