Futzal. Oliy liga. Bugun uchinchi o'rin uchun bahslar boshlanadi

Tolibjon Qosimov
19 apr 2017, 10:18
Bugun futzal bo'yicha XXI O'zbekiston chempionati uchinchi o'rin uchun bellashuvlariga start beriladi.

Bronza medallarini qo'lga kiritish maqsadida Toshkentning "Bunyodkor" hamda Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoalari o'zaro kurash olib borishadi. Uchrashuv 15:00da "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, milliy chempionatimizning pley-off o'yinlari tomonlardan birining ikkita g'alabasiga qadar davom etadi.

Oliy liga
Uchinchi o'rin uchun
19.04.2017


15:00. "Bunyodkor" - "Do'stlik-AIN"

Barcha ishqibozlarni "O'zbekiston" sport majmuasiga taklif etib qolamiz. Arenaga kirish bepul.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia