

Bugun dam olish kuni. Bir kunlik tanaffusdan foydalanib saytimiz tomonidan 1-turning eng yaxshi o'yinchisini aniqladik. Demak, dastlabki turning eng yaxshi futzalchisi - Oybek Polvonov.
Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi sardori Oybek Polvonov bu mavsumni ko'tarinki ruhda boshladi. Jamoasining turdagi 27 golidan sakkiztasiga mualliflik qildi. O'yin jihatidan ham Oybek ajralib turdi. Sheriklarini barcha o'yinlarda g'alaba sari etaklay oldi.




