Futzal. "Lokomotiv" a'zolari Xitoyga uchib ketishdi

Tolibjon Qosimov
23 avg 2014, 14:45
Yana ikki kundan so'ng Xitoyning Chengdu shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oladi.
Ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan "Lokomotiv" jamoasi Xitoyga uchib ketdi. Ahad Yusupov shogirdlari kecha 21:00 da Toshkent - Pekin - Chengdu yo'nalishi bo'ylab Xitoyga yo'l olishdi.

Eslatib o'tamiz, "temiryo'lchilar" "A" guruhida  "Nagoya Oushens" (Yaponiya), "Shenjen Nanling" (Xitoy) va "Vik Vipers" (Avstraliya) jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida "Lokomotiv"ga omad tilab qolamiz.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia