

2016 yil sentyabr oyida bo'lib o'tadigan mundialga 19 may kuni Kolumbiyaning Medelin shahrida qur'a tashlanadi. Hozirga qadar Jahon chempionatiga chiqqan 10ta jamoaning nomi ma'lum bo'lgan. Mundialda jami 24ta jamoa qatnashadi.
Mezbon - Kolumbiya
Osiyo - Eron, O'zbekiston, Tailand, Vetnam, Avstraliya.
Janubiy Amerika - Argentina, Braziliya, Paragvay.
Okeaniya - Solomon orollari
Afrika - 3ta jamoa (15-24 aprel kunlari aniqlanadi)
Shimoliy Amerika - 4ta jamoa (8-14 may kunlari aniqlanadi)
Yevropa - 7ta jamoa (13 aprel kuni aniq bo'ladi)
Eslatib o'tamiz, Kolumbiyadagi mundial 10 sentyabr kuni start olib 1 oktyabr kuni o'z nihoyasiga etadi.



