Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi natijalari

Xayrulla Xoliqov
8 avg 2019
Kecha Tailand poytaxti Bangkokda futzal bo'yicha klublar o'rtasida Osiyo chempionatiga start berildi.

Ushbu musobaqa bu yil OFK tarixida 10-marta tashkil etilyapti. Kecha "A" va "B" guruhi jamoalari 1-tur uchrashuvlarini o'tkazishgani haqida xabar berib o'tgandik. Bugun "C" va "D" guruhlarida 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. 

Ertaga "A" va "B" guruhlarida 2-tur o'yinlari o'tkaziladi. AGMK 2-tur bahsini Iroqning "Naft Al Vasat" futzal klubiga qarshi o'tkazadi. 

Ishtirokchi jamoalar: 

"A" guruhi: "Port FK" (Tailand), "Osh Erem" (Qirg'iziston), "Shenzen Nanling" (Xitoy), "FK Seul" (Janubiy Koreya). 

"B" guruhi: "Tay Son Nam" (Vetnam), "Naft Al Vasat (Iroq), AGMK (O'zbekiston), "Al Rayyan" (Qatar). 

"C" guruhi: "Bank Beyrut" (Livan), "Vamos Mataram" (Indoneziya), "Soro Kompani" (Tojikiston), "Viktoria Yuniversiti" (Myanma). 

"D" guruhi: "Mes Sungun" (Eron), "Nagoyya Oshinz" (Yaponiya), "Al Dafra" (BAA), "Kazma" (Quvayt). 


Bugungi o'yinlar: 

"C" guruhi. 1-tur. 8 avgust

"Vamos Mataram" - "Soro Kompani" 6:4

"Bank Beyrut" - "Viktoria Yuniversiti" 4:2 


"D" guruhi. 1-tur. 8 avgust

"Mes Sungun" - "Kazma" 8:2

"Nagoyya Oshinz" - "Al Dafra" 4:2 


Kecha 1-tur o'yinida O'zbekiston va Qirg'iziston futzal klublari mag'lubiyatga uchragandi. Bugun Tojikiston jamoasi "Soro Kompani" ham musobaqani mag'lubiyat bilan boshladi. Amaldagi chempion Eronning "Mes Sungun" klubi esa birinchi o'yinda 8:2 hisobida zafar quchdi. 


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com