Futzal. JCH-2021. Qozog'iston va Argentina raqiblarini tor-mor etib, chorak finalga chiqdi

Sherzod Nurmatov
23 sen 2021
Litvada bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha to'qqizinchi jahon chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi.

Nimchorak final doirasidagi navbatdagi 2 ta uchrashuv o'tkazildi. Argentina Paragvayni, Qozog'iston Tailandni tor-mor keltirib, chorak final sari otlandi.

Argentina – Paragvay 6:1

Gollar: Klaudino 26', Borruto 27', Bolo 28', Bazile 29', Stazzone 35', Taborda 36' – Mareko 13'

Argentina (dastlabki beshlik): Sarmento, Bazile, Brandi, Klaudino, Taborda 

Zaxira: Farach, Bolo, Borruto, Kuccolino, Edelshteyn, Ressiya, Stazzone, Vaporaki, Santush

Paragvay (dastlabki beshlik): Ximenes, Baes, Mareko, J. Salas, E. Salas

Zaxira: Espinola, Espinoza, Paskottini, Pedroso, Pojji, Rexala, Roxas, F. Martines, X. Martines

Qozog'iston – Tailand 7:0

Gollar: Tursagulov, Junior, Jamgrajan (avtogol), Taynan, Nurgoshin, Knaub, Igita

Qozog'iston (dastlabki beshlik): Igita, Junior, Orazov, Taynan, Tursagulov

Zaxira: Atantaev, Akbalikov, Karagulov, Knaub, Nurgoshin, Sarbassov, Tokaev, Valiulin, Esenamanov

Tailand (dastlabki beshlik): Xankampa, Chamcharoen, Sornvijan, Tueanklang, Vongkaeo

Zaxira: Pxupun, Chudech, Jamgrajan, Jungvonsuk, Kaevillai, Osamansmusa, Rattanavongsavat, Shriangpirot, Vangsama-Aeo

Shunday qilib, Argentina Rossiya bilan, Qozog'iston esa ertangi O'zbekiston – Eron uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia