Futzal. JCH-2016. Braziliya - Eron 4:4. Uchrashuv statistikasi

Tolibjon Qosimov
22 sen 2016, 10:59
Futzal bo'yicha Jahon chempionatining nimchorak final bellashuvlari davom ettirilmoqda.

Amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Braziliya terma jamoasi Osiyo chempioni Eron bilan chorak final uchun kurash olib bordi. Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlandi. Qo'shimcha bo'limlarda esa jamoalar yana bittadan to'p kiritishdi. G'olib nomini esa penaltilar seriyasi aniqlab berdi. Forslar hozircha mundialning eng katta sensatsiyasini qayd etgan holda amaldagi va besh karra Jahon chempionlarini musobaqadan chiqarib yubordi. Quyida ana shu uchrashuv statistikasini e'tiboringizga havola etamiz.

JCH-2016
Nimchorak final

Bukaramanga, "Kolizeo Bisentenario"

Braziliya - Eron 4:4 (penaltilar bo'yicha 2:3)
Gollar:
Falkao 9, 13, 48, Dieguino 29 - H.Toyibi 14, A.Kozimi 31, A.Hassanzoda 37, M.Keshavars 48

Statistika

To'p bilan muomala (%): 53 - 47
Hujumlar: 68 - 42
Aniq zarbalar: 24 - 18
Noaniq zarbalar: 22 - 7
Bloklangan zarbalar: 22 - 17
Qoida buzish: 4 - 8
Sariq kartochkalar: 2 - 2
Qizil kartochkalar: 0 - 0
Burchak zarbalari: 22 - 16
Seyvlar: 14 - 20

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia