Futzal. Eduardo Borjes: "Turnir saviya jihatidan Yevropa chempionatidan qolishgani yo'q"

Tolibjon Qosimov
5 dek 2014, 16:29
"SA" talqiniga ko'ra "Tashkent Cup-2014" xalqaro turniri davomida Ozarbayjon terma jamoasining eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Eduardo Borjes O'zbekiston bilan o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun yana bir qiyin o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Hisob 6:3 bo'lganidan so'nggina tinchlandik. Futzal jamoaviy o'yin, meni eng yaxshi deb topishganidan xursandman.

Muxlislarga rahmat, ular ajoyib tarzda jamoalarni qo'llab turishdi. Musobaqa uchun tashkilotchilarga rahmat aytaman, saviya borasida Yevropa chempionatidan qolishgani yo'q", - deydi Eduardo Borjes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia