Futzal. Bugun O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasi o'rtasidagi navbatdagi o'yin o'tkaziladi

Eldor Akmurzayev
30 mar 2022, 08:15
Kecha, 29 mart kuni o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston 4:2 hisobida Qirg'iz Respublikasi futzalchilarini mag'lub etgandi.

Bugun esa terma jamoalar o'rtasida navbatdagi o'yin bo'lib o'tadi va bo'lajak to'qnashuv “Yunusobod” sport majmuasida 13:00 da start oladi.

Eslatib o'tamiz, bu Osiyo Kubogi saralashi oldidan so'nggi yig'in bo'ladi. Kvalifikaciya raundi uchrashuvlari 10-12 aprel kunlari Qirg'iz Respublikasining Bishkek shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia