

Aslida, ushbu bellashuv 11 avgust sanasiga rejalashtirilgan edi. Biroq, viza bilan bog'liq muammolar tufayli Angola terma jamoasi delegaciyasi Santarem shahriga o'z vaqtida yetib kela olmagan. Shu sababli tomonlar kelishuviga muvofiq, uchrashuv 13 avgust kuni o'tkazilishi belgilandi.
Ma'lumot uchun, jamoamiz 13, 15 avgust kunlari Angola, 16 avgust kuni esa Portugaliyaga qarshi bahs olib boradi.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Angola
13-avgust | 23:00
"Santarem" sport majmuasi




