

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga 15 nafar futzalchi jalb etilgan. Fransiyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Ravshan Elibaev o'rniga "Paxtakor" futzal jamoasidan Humoyun Rahmatullaev yig'inga chaqirildi. Shuningdek, yana bir futzalchimiz Sunnat Jo'raevning qachon safga qaytishi yakuniy tibbiy tekshiruvlardan so'ng ma'lum bo'ladi.




