Futzal. Bugun chempionlik o'yini!

Narzulla Saydullayev
25 mar 2021, 08:00
Bugun futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 14-turidan o'rin olgan navbatdagi bahslar bo'lib o'tadi.

Soat 13:30da Yunusoboddagi "O'zbekiston" sport majmuasida "Paxtakor" va AGMK klublari o'rtasidagi chempionlik bahsi start oladi. Ayni paytda ikkala jamoa ham 36tadan o'yin o'tkazgan va bir xil 97tadan ochko jamg'arishgan. Kecha AGMK "Metallurg"ni 10:0, "Paxtakor" esa "Navbahor"ni 11:3 hisobida taslim qildi.

Barcha futzal muxlislarini ushbu bahsga taklif etib qolamiz. 




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia