Futzal bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
22 sen 2018
Kelasi yil futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati musobaqasi bo'lib o'tadi. Bu yil qitamizda ushbu musobaqaning final bosqichiga saralash bahslari o'tkaziladi.

Oldinroq Markaziy Osiyo mintaqasi saralashiga O'zbekiston mezbonlik qilishi va unda O'zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Dekabr oyida poytaxtimizda bo'lib o'tadigan qita chempionati saralash bahslariga O'zbekiston U-20 terma jamoasining munosib hozirlik olib borishi uchun tayyorgarlik rejasi ishlab chiqildi. Avvalo Bahodir Ahmedov boshchiligidagi murabbiylar shtabi terma jamoa tarkibini shakllantirib olishi talab etiladi.

Shu boisdan 22-27 sentyabr kunlari Toshkent shahrida futzal bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari o'tkaziladi. Mazkur musobaqada terma jamoamizga nomzod futzalchilar harakatlari ko'zdan kechirilib, iqtidorli futzalchilar saralab olinadi.

Musobaqada jami 9 ta jamoa 3 ta guruhga bo'lingan holda bahs olib boradi.

O'zbekiston kubogi taqvimi:


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz