Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi OCH saralashini Eronda o'tkazadi

10 okt 2017, 22:36
Shu yilning 15–17 oktyabr kunlari Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasining futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Mazkur mintaqaning saralash bellashuvlari Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tadi. Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoa “A” guruhidan joy olgan bo'lib, OCH yo'llanmasi uchun Qirg'iziston, Turkmaniston va Nepalga qarshi bahs yuritadi. “B” guruhida mezbon Eron termasi Afg'oniston va Tojikiston bilan kuch sinashadi.

Guruhlarda 1–2 o'rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Saralash o'yinlari  15–17 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Quyida O'zbekiston termasi o'rin olgan “A” guruhi taqvimi bilan tanishing.

Futzal bo'yicha OCH saralashi

“A” guruhi. 15–17 oktyabr

Tabriz shahri, Eron

15 oktyabr, yakshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Nepal

18:00  Qirg'iziston – Turkmaniston

16 oktyabr, dushanba

15:30  Nepal – Qirg'iziston

18:00  Turkmaniston – O'ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Qirg'iziston

18:00  Turkmaniston – Nepal

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda va bo'lajak bellashuvlarga tayyorgarlik ko'rmoqda. Avvalroq Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etadigan futzalchilar ro'yxati e'lon qilingandi.

Ma'lumot uchun, futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.


O'xshash yangiliklar


Manba: www.the-uff.com