Futzal bo'yicha YCHLda "Barselona" g'olib bo'ldi

Mirjalol Normatov
7 apr 2026
Futzal bo'yicha Yevropa chempionlar ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda "Barselona" hamda "Sporting" jamoalari parketga chiqishdi va yakunda kataloniyaliklarning g'alabasi kuzatildi.

"Barselona" Ispaniya - "Sporting" Portugaliya - 4:0 (2:0)

Gollar: Losano, 16 - 1:0, Pinto, 19 - 2:0, Ferrano, 21 - 3:0, Plano, 39 - 4:0

"Barselona" ushbu sovrinni to'rtinchi marta qo'lga kiritdi. Bu borada klub "Inter"dan (5) ortda qolmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia