Futzal. 2024 yilgi Osiyo Kubogi saralashiga qur'a tashlandi: O'zbekiston "G" guruhida Iroq, Malayziya va Kambodja bilan bahs yuritadi

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2023, 12:20
Marosim Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o'tkazildi.

Qur'a tashlash marosimida jamoalar 8 ta guruhga bo'lindi. Mazkur bosqichda jami 31 ta jamoa ishtirok etadi (oxirgi guruhga 3 ta jamoa joylashadi).  Guruh g'oliblari va eng yaxshi ikkinchi o'rinni egallagan ettita jamoa musobaqaning final bosqichiga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichi 2023 yilning oktyabr oyida o'tkaziladi. O'zbekiston joylashadigan guruh uchrashuvlari yurtimizda bo'lib o'tadi.


"A" guruhi

1. Tailand

2. Turkmaniston

3. Gonkong

4. Xitoy


"B" guruhi

1. Indoneziya

2. Saudiya Arabistoni 

3. Afg'oniston

4. Makao


"C" guruhi

1. Eron

2. Livan

3. Qirg'iz Respublikasi 

4. Maldiv orollari 


"D" guruhi

1. Vetnam 

2. Koreya Respublikasi 

3. Nepal

4. Mongoliya


"E" guruhi

1. Tojikiston

2. Myanma

3. Falastin

4. Hindiston 


"F" guruhi

1. Kuvayt

2. Bahrayn

3. Sharqiy Timor

4. Bruney


"G" guruhi

1. O'zbekiston

2. Iroq

3. Malayziya

4. Kambodja


"H" guruhi

1. Yaponiya

2. Xitoy Taypey

3. Avstraliya


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia