Futzal. Birinchi kunning eng yaxshilari aniqlandi

Tolibjon Qosimov
2 dek 2014, 11:52
Kecha "O'zbekiston" sport majmuasida futzal bo'yicha "Tashkent Cup-2014" xalqaro turniriga start berildi.
Birinchi o'yinda Qozog'iston termasi Ozarbayjonni 4:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, O'zbekiston hamda Belarus termalari o'rtasidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

Har ikkala uchrashuvdan so'ng o'yinning eng yaxshi futzalchilari aniqlandi va ularga "Luxury Energy Drink f-88" ichimliklari topshirildi.

Qozog'iston va Ozarbayjon terma jamoalari o'rtasidagi bellashuvda qo'shnilarimiz a'zosi Mendonsa da Rosa Leonardo eng yaxshi deb topilgan bo'lsa, O'zbekiston hamda Belarus termalarining o'zaro bahsida yevropaliklar vakili Aleksandr Alshevski eng yaxshi deb etirof etildi.


Qozog'iston - Ozarbayjon uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi Leo



O'zbekiston - Belarus uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi Aleksandr Alshevski

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia