Futzal. “Aloqa bank” – Xorazm viloyati Kubogi sohibi

Narzulla Saydullayev
18 may 2014, 17:52
Urganch shahrida Xorazm vohasida faoliyat yuritayotgan bank muassasalari xodimlarida o'rtasida tashkil etilgan Xorazm viloyati hokimi Kubogi musobaqasi yakunlandi.
3-o'rin uchun “Agro bank”- “Milliy bank” mini futbolchilari maydonga tushishdi. Bu o'yinning asosiy vaqtida g'olibni aniqlashni imkoni bo'lmadi, 3:3. Penaltidan tep tepish borasida omad “Agrobank” jamoasiga kulib boqdi. Yakuniy hisob 6:5. Musobaqaning o'tgan yilgi g'olibi “Milliy bank” bu safar to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi.
  
Muxlislar intiqib kutgan “Hamkor bank” - “Aloqa bank” jamoalari ishtirokidagi hal qiluvchi o'yinning birinchi bo'limi 1:1 hisobida poyoniga etdi. Ikkinchi bo'limda tajriba o'z so'zini aytdi. Otabek Rahimov ustozligidagi “Aloqa bank”chilar hujumga zo'r berishib, hisobni yirik ko'rinishga keltirishdi, 6:1. Bu bilan ular ikki yillik tanaffusdan keyin yana Kubok sohibiga aylanishdi. Shu o'rinda aytish joizki, Sanatbek Masharipov rahbarliq qilayotgan “Aloqa bank” jamoasi mini futbolchilari mazkur musobaqa tarixida beshinchi marta mana shunday sharafga loyiq ko'rilishdi. Bu rekord natijadir.
          
Final
“Aloqa bank”- “Hamkor bank” - 6:1(1:1).  Urganch shahri
Hakamlar:
Xushnud Otamurodov, Dilshod Jumaniyozov.
“Aloqa bank”: Bekzod Sotimov, Masharip Masharipov, Yusupboy Bobojonov, Qahramon Qo'chqorov, Furqat
Zaxiradan tushganlar G'ayrat Matqurbonov,  Nodir Jumaniyozov, Muzaffar Do'schanov, Murod Qulmetov, Ro'zimboy Ollamov, Bekzod O'rozaliev.

To'plarni Furqat Jumaniyozov (3), Yusupboy Bobojonov (2), Qahramon Qo'chqarov kiritishdi.
   
Musobaqaning yopilish marosimida qatnashgan O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasining Xorazm viloyati bo'yicha vakili Komiljon Jumaniyozov tantanali tarzda  birinchi o'rinni egallagan “Aloqa bank” jamoasiga viloyat hokimi Kubogini topshirdi. Shuningdek, g'olib va sovrindor jamoalar futbolchilarining hammasi tadbir tashkilotchilari -  viloyat hokimligi va viloyat futbol federatsiyasi tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal hamda  qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi. Turnirning eng yaxshi o'yinchilari – Muzaffar Mahmudov (darvozabon, “Hamkor bank”), Qahramon Qo'chqorov (himoyachi, “Aloqa bank”), G'ayrat Saidov (hujumchi, “Agro bank”) va Furqat Jumaniyozov (to'purar, “Aloqa bank”)lar ham e'tibordan chetda qolmadi. Ularga estalik tuhfasi va diplom topshirildi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia