Futbolkadagi yozuv klublarga qancha daromad olib keladi? (TOP-10)

Aslanov Jasurbek
11 may 2018
Joriy mavsum "Barselona" hamda Yaponiyaning "Rakuten" kompaniyasi o'rtasidagi kelishuv kuchga kirdi.

Unga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchilari kiyadigan formalarning old tomonida Rakuten yozuvi bo'ladi va yaponiyaliklar har yili ko'k-anorranglilar hisobiga 58 mln. dollar o'tkazib beradi. Biroq bu turdagi kelishuvlar bo'yicha "Real" Yevropada eng katta daromad oladigan klub ekan. "Fly Emirates" kompaniyasi "Qirollik klubi" formalarida bo'lishi uchun har yili madridliklarga 83 mln. evro to'laydi.

E'tiboringizga mana shunday shartnomalardan katta daromad ko'radigan Yevropaning 10ta klubini e'tiboringizga havola qilamiz.

Futbolkadagi yozuv klublarga qancha daromad olib keladi? (TOP-10)
KlubHomiyYillik to'lov (dollar)Umumiy to'lov (dollar)Muddati
"Real"Fly Emirates83 mln. 415 mln.2017-2022
"Manchester Yunayted"Chevrolet80 mln.560 mln.2014-2021
"Chelsi"YOKOHAMA60 mln.300 mln.2015-2020
"Barselona"Rakuten58 mln.232 mln.2017-2021
"Arsenal"Fly Emirates56.2 mln.281 mln.2018-2024
"Manchester Siti"ETIHAD40 mln.400 mln.2011-2021
"Tottenxem"AIA40 mln.200 mln.2017-2022
"Liverpul"Standard Chartered40 mln.120 mln.2016-2019
"Bavariya"T MOBILE33.4 mln.167 mln.2017-2023
PSJFly Emirates32 mln.160 mln.2013-2019

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net