
Ustoz va shogird o'rtasida sodir bo'lgan eng shov-shuvli mojarolarni esga olamiz:
Mourinyo - Ronaldu

2013 yil, yanvar. "Real" "Valensiya"ga qarshi Ispaniya Kubogi bahsida 2:0 hisobda oldinda borayotgan edi. Mourinyo Ronalduni oldiga chaqirib, biroz orqaroqqa qaytishi va Ozilga autdan tashlab bergan to'pi noto'g'ri ekanligini aytadi. Uchrashuvdan so'ng Mourinyo bu haqda Krishtianuga yana gapiradi: "Agar ular gol urishganda nima bo'lardi...". Ammo Krishtianu javob tarzida unga baqira ketadi: "Siz uchun shuncha ish qilganimdan so'ng, menga bo'lgan munosabatingiz shundaymi? Nima haqqingiz bor!". Kiyinish xonasida hamma jim bo'lib qoladi. Mourinyo esa vaziyatni yumshatish uchun quyidagi so'zlarni aytadi: "Buni jamoa uchun qilyapman, o'sha vaziyatda sen biroz orqaga qaytsang bo'lardi". Ronaldu o'zini bosa olmaganini ko'rgan Joze, o'z uslubida Krishtianuga tushuntirish beradi: "Bu xonada o'tirganlarning ko'pchiligi mendek o'ylaydi, ammo ularga bu haqda gapirish uchun mardlik yetishmaydi".
Mourinyo - Kasilyas

Mourinyo "Real" darvozasini Iker Kasilyas yaxshi qo'riqlay olmayapti deb hisoblab, uning o'rniga Diego Lopesni xarid qiladi. Kasilyas esa uzoq vaqt jimlikdan so'ng yoriladi va Jozeni tanqid qiladi. Oxir oqibat, murabbiy va darvozabon ham jamoani tark etadi.
Gvardiola - Ibragimovich

Ibragimovich "Barselona"da o'tkazgan payti haqida ko'p eslaydi. Biroq bu xotiralar baxtli damlar haqida emas. "Gvardiola mendan jismoniy holatimga to'g'ri kelmaydigan harakatlarni so'ragan. Men esa bunday qila olmasligimni, undan ko'ra zaxirada o'tirishni maqul ko'rishimni aytdim" - dedyi Ibragimovich. "Sen Ferrari xarid qilib, uni xuddi Fiat kabi ishlatmoqchi bo'lyapsan" - qo'shimcha qiladi Zlatan.
Gvardiola - Yaya Ture

Gvardiola Yaya Ture o'rniga Serxio Busketsni tushirishni boshlab yuboradi. Ture esa buning sababini bilmay, murabbiydan tushuntirish talab qiladi. "U menga sababini aytmayapti, u ikkiyuzlamachi" - deydi Ture. Tez orada ivuarlik jamoani tark etadi.
Fergyuson - Bekxem

2003 yil. MYU Angliya Kubogida "Arsenal"dan mag'lubiyat qabul qilib oladi. Kiyinish xonaida ser Aleks Fergyuson Devid Bekxemga shunday deydi: "Sen Eshli Koul oldida xuddi qizchadek ko'rinding". Bekxem esa tezda javob qaytaradi: "Arsen Venger oldidagi qizchalik bo'lmasam kerak?". Shundan so'ng murabbiy Devidga butsa uloqtiradi va uning qoshini yoradi.
Davomi bor...