Futbolchilar talqiniga ko'ra aniqlanadigan APLning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga da'vogarlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
4 sen 2020, 21:36
PFA (Professional futbolchilar assotsiatsiyasi) Angliyada yilning eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun kurashayotgan nomzodlarni e'lon qildi.

Sovrin uchun da'vogarlar ro'yxatiga "Manchester Siti" futbolchilari Rahim Sterling va Kevin de Bryuyne, shuningdek, "Liverpul"ning to'rt nafar futbolchisi – Trent Aleksander-Arnold, Virjil van Deyk, Jordan Xenderson va Sadio Mane kiritilgan.

Oldinroq, de Bryuyne APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi, Xenderson Angliya jurnalistlariga ko'ra APLning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini qo'lga kiritgan bo'lsa, Mane muxlislar versiyasi bo'yicha eng yaxshi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/PFA