Futbol klubi bazasiga alligator kirib oldi

Aslanov Jasurbek
26 okt 2024, 15:34
Braziliyaning "Vasko Da Gama" klubi bazasiga alligator sudralib keldi.

Yirtqich hayvon klub mashg'ulot maydonida biroz dam olishni xohlagan ko'rinadi. Bu paytda maydonda hech kim yo'q edi.

"Nima gap og'aynilar?" - deb yozilgan edi surat ostiga.

"Vasko da Gama" ayni damda 30ta o'yindan so'ng 40 ochko bilan Braziliya chempionati jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/newscolina